Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya bir kechada Ukraina tomonidan uchirilgan 46 ta dronni yo‘q qildi

Rossiya bir kechada Ukraina tomonidan uchirilgan 46 ta dronni yo‘q qildi

Bir kechada havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiya hududlari uzra 46 ta Ukraina dronlarini yo‘q qildi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"O‘tgan tunda navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 46 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi: Bryansk viloyati hududida 18 ta, Kursk viloyati hududida 11 ta, Kaluga viloyati hududida 7 ta, Tula viloyati hududida 5 ta, Belgorod viloyati hududida 3 ta va Voronej viloyati hududi ustida 2 ta dron yo‘q qilindi", — deyiladi Rossiya harbiy boshqarmasi xabarida.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda Rossiya energetika infratuzilmasi ob’ektlari tobora ko‘proq dronlar nishoniga aylanib bormoqda. Dekabr oyi boshida Bryanskdagi neft omboriga dronlar hujum qilgan, shundan so‘ng ob’ektda katta yong‘in chiqqan.

Kiritildi: 10:11 18.01.2025. O'qildi: 1558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!