Bugun Toshkentda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Rossiyaning MDH va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha federal agentligi rahbari Yevgeniy Primakov orasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat teatrlarining o‘zaro gastrol safarlarini tashkil etish, ta’lim, kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi.