Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya tomonida jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asirga oldi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu Donesk viloyati hududida sodir bo‘lgan. Ukraina harbiylari asirlarning hujjatlari va ularning bank kartalarini ham qo‘lga kiritgan. Asirga olingan Xitoy fuqarolari Ukraina xavfsizlik xizmati vakillariga topshirilgan.
Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukrainada Rossiya armiyasi bo‘linmalarida Xitoy fuqarolari "ikkitadan ancha ko‘p" ekanligi haqida ma’lumotlar bor.
"Men Ukraina Tashqi ishlar vaziriga zudlik bilan Pekin bilan bog‘lanib, Xitoy bunga qanday munosabat bildirmoqchi ekanini aniqlashni topshirdim. Rossiyaning Xitoyni Yevropadagi bu urushga bevosita yoki bilvosita jalb qilishi Putinning urushni tugatishdan boshqa barcha narsaga tayyorligi haqidagi aniq signaldir. U qanday qilib urushni davom ettirish yo‘llarini izlamoqda", – deya ta’kidladi Volodimir Zelenskiy.