Rossiya qo‘shinlari faollashayotgani sharoitida Ukraina harbiylari bir nechta yo‘nalishda tahdidlar kuchayib borayotgani haqida ogohlantirmoqda.
Ayni paytda vaziyat og‘irlashayotgan Kupyansk va Liman yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ukraina Qahramoni, Milliy gvardiya harbiysi Vitaliy Litvinning aytishicha, vaziyatning eng keskin tus olish xavfi Kupyansk hududida kuzatilmoqda. Rossiya kuchlari Oskol daryosiga yetib borish va suv to‘sig‘idan oldinga siljish chizig‘i sifatida foydalanishga urinmoqda. Shuningdek, ular ukrainalik harbiylar doimiy dushman o‘ti ostida qoladigan "o‘t halqalari"ni yaratishga harakat qilmoqda.
"Dushman aholi punktlarini o‘rab olib, qopqon hosil qilmoqda. Biz esa u yerlarga o‘q-dorilarni yetkazib beramiz, yaradorlarni olib chiqamiz. Bu nihoyatda og‘ir sharoit," - dedi Litvin. U yana Rossiya Federasiyasi "Orlan", "Lanset", FPV va "Superkam" dronlaridan faol foydalanayotganini, bu esa har qanday o‘tish joylarini o‘ta xavfli qilayotganini ta’kidladi.