Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya 2029, 2030 yoki 2050 yillarda ham hech kimga hujum qilish "plani" yo‘q

Rossiya 2029, 2030 yoki 2050 yillarda ham hech kimga hujum qilish "plani" yo‘q

Putin Kaliningradga hujum qilinsa, Rossiya barcha mavjud qurollardan foydalanishi mumkinligini aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kaliningrad viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilingan taqdirda, Moskva Rossiya ixtiyoridagi barcha qurollardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishini bildirdi.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya 2029, 2030 yoki 2050 yillarda ham hech kimga hujum qilishni rejalashtirmayapti. Biroq u Rossiyaga qarshi «NATO agressiyasi» sodir bo‘lsa, Moskva javob choralarini ko‘rishini aytdi.

Putin bu fikrlarni «Valday» xalqaro muhokama klubi yig‘ilishida Kaliningrad viloyatiga tahdidlar haqidagi savolga javob berayotganda bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilinsa, jumladan Kaliningrad masalasi yuzaga kelsa, Rossiya ixtiyoridagi barcha qurollardan foydalanish ehtimoli kun tartibiga «darhol» chiqadi. Qaysi vositadan foydalanish masalasini esa Rossiyaning o‘zi hal qilishini aytdi.

Putin Rossiyada hozir mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ vositalari boshqa hech bir davlatda yo‘qligini ta’kidladi. U bu holatni Rossiyaning Fransiya va Buyuk Britaniya kabi Yevropadagi yadroviy davlatlarga nisbatan ustunligi sifatida baholadi.

Prezidentning bu bayonoti Rossiya Tashqi ishlar vazirligining NATO Kaliningrad viloyatini izolyasiya qilishga urinadigan bo‘lsa, Rossiya yadroviy quroldan foydalanishga tayyor ekani haqidagi ogohlantirishi muhokama qilingan paytda yangradi.

Putin Rossiya TIVining mazkur bayonotini «tahdid emas, balki Rossiyani qo‘rqitishga urinishga berilgan javob» deb atadi.

Kiritildi: 23:00 01.10.2026. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!