“Rosatom” Eronda AES qurish haqida $25 mlrdlik shartnoma imzoladi
Bu haqda Eron OAVlari xabar qilmoqda.
"Rosatom" kompaniyasi va Eronning “Iran Hormoz” kompaniyasi orasida Hormozgan viloyatining Sirik shahrida uchinchi avlod to‘rt blokli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha 25 milliard dollarlik ijro kelishuvi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya Eronda uch blokli "Busher" atom elektr stansiyasini qurilishda ishtirok etmoqda. Bugungi kunda stansiyaning birinchi bloki ishga tushgan, ikkinchi va uchinchi bloklari 2026 va 2027 yillarga ishga tushishi rejalashtirilgan.