Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ronalduning oshpazi sirlarni ochdi: Futbolchi nimalar hisobiga ideal formada qolmoqda?

Ronalduning oshpazi sirlarni ochdi: Futbolchi nimalar hisobiga ideal formada qolmoqda?

Krishtianu Ronalduning sobiq oshpazi Jorjo Barone portugaliyalik futbolchining ovqatlanish tartibi haqida so‘zlab berdi.

«Krishtianu Ronalduning diyetasi juda muvozanatlashgan. U hamma narsadan oz-ozdan tanovul qiladi, lekin bular doim foydali mahsulotlar bo‘ladi.

Nonushtaga u qahva bilan avokado va tuxum yerdi — shakar esa umuman yo‘q. Mutlaqo shakarsiz.

Tushlikda tovuq go‘shti, baliq va albatta sabzavotlar bo‘lishi mumkin. Agar unga uglevodlar kerak bo‘lsa, ularni sabzavotlardan oladi, shuning uchun unga undan tayyorlangan hech qanday mahsulotning keragi yo‘q. Pasta (makaron), non va shunga o‘xshash taomlar uning rasionida mavjud emas.

Kechqurun u yengil ovqatlanadi, odatda baliq yoki file ko‘rinishidagi go‘sht yeydi. Bu taomlar doim sabzavotlar bilan birga tortiq qilinadi», — dedi Barone Covers.com nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: Bugun 15:13. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!