Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bagaining aytishicha, Eronda 10 ta yadroviy bomba mavjudligi haqidagi bayonotlar AQSh tomonidan uydirilgan.
Uning ta’kidlashicha, Tehron hech qachon yadroviy qurol yaratish niyatini bildirmagan va bu kabi ayblovlar 20 yildan ortiq vaqtdan beri siyosiy bosim vositasi sifatida ishlatib kelinmoqda.
Bagaining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroil tomonidan boshlangan 12 kunlik mojarodan keyin ham Eron muzokaralarni davom ettirishga qaror qilgan.
Shuningdek, u xalqaro atom energiyasi agentligi ishtirokida Venada texnik masalalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish kelishilganini bildirdi.
Eron rasmiysi yadroviy qurol yaratish g‘oyasi Tehron siyosatida yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi.