Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronalduning opasi Portugaliya JChdan chiqib ketgach, ukasiga hissiyotli murojaat yo‘lladi

Ronalduning opasi Portugaliya JChdan chiqib ketgach, ukasiga hissiyotli murojaat yo‘lladi

Yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. U Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 final bosqichida chiqib ketganidan so‘ng ukasiga murojaat yo‘lladi.

«Boshingni baland ko‘tar, uka. Toj hech qachon tushib ketmaydi. Sen buyuksan, sen taqdir tomonidan tanlangansan, sen ajoyibsan. Barchasi uchun senga rahmat. Katta rahmat. Orzular uchun rahmat. Quvonchlar uchun rahmat. Million marta rahmat. Oxirigacha birgamiz», — deb yozdi Katya.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan so‘ng Krishtianu Ronaldu bu uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi. Shu bilan birga, 41 yoshli futbolchi terma jamoada o‘ynashda davom etish-etmasligi borasida hali bir qarorga kelmagan.

Kiritildi: 20:05 07.07.2026. O'qildi: 13335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!