Mashhur vengriyalik shaxmatchi Yudit Polgar "tarixiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va parchalangan millatni birlashtirishga" tayyor emasligini ma’lum qildi. Vengriya Bosh vaziri Peter Madyar Polgarning qarorini hurmat qilishini bildirdi. Vengriya prezidenti lavozimiga kim yangi nomzod bo‘lishi hozircha noma’lum.
Yudit Polgar — dunyoning eng kuchli shaxmat ustalari o‘ntaligiga kira olgan yagona ayoldir. 2014 yilda yakunlagan professional faoliyati davomida u, jumladan, Garri Kasparovni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.
49 yoshli "shaxmat qirolichasi"ning vakillik vakolatiga ega bo‘lgan venger davlati rahbari lavozimiga nomzodi 19 iyuldan beri muhokama qilinayotgan edi.