Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Ronalduning menga bo‘lgan munosabatini hech qachon unutmayman"

"Ronalduning menga bo‘lgan munosabatini hech qachon unutmayman"

Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Norvegiya terma jamoasi o‘z maydonida Portugaliyani qabul qildi. Uchrashuv skandinaviyaliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

O‘yindan so‘ng Norvegiya yarim himoyachisi Martin Edegor Portugaliyaning 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Men uchun Ronaldu — o‘rnak. Krishtianu "Real"da menga juda yaxshi munosabatda bo‘lgan va juda ko‘p yordam bergan. Men buni hech qachon unutmayman.

U bilan birga o‘ynash — har bir bolaning orzusi. Bu ajoyib his edi", — deya Edegorning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Norvegiya — Portugaliya uchrashuvida maydonga tushmadi.

Kiritildi: Bugun 12:56. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!