Britaniyalik jurnalist, Krishtianu Ronalduga yaqin bo‘lgan Pirs Morgan argentinalik hujumchi Lionel Messidan ustun bo‘lgan to‘rt nafar futbolchini sanab o‘tdi.
Give me Sport nashrining xabar berishicha, Morgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi. Bundan tashqari, jurnalist braziliyalik Ronaldo va Ronaldinyo, shuningdek, fransiyalik Tyerri Anrini Messidan yuqoriroq qo‘ydi.