Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ronalduga yangi 2 yillik shartnoma taklif etildi

A A A
Ronalduga yangi 2 yillik shartnoma taklif etildi

"An-Nasr" Krishtianu Ronaldu bilan kelishuvni uzaytirish niyatida.

Bu haqda Alfredo Pedulla xabar berdi.

Saudiya Arabistoni klubi portugaliyalik hujumchi bilan shartnomani ikki yilga, ya’ni 2027 yil iyunigacha uzaytirish bo‘yicha jadal muzokaralar olib bormoqda. Kelishuv so‘nggi bosqichga yetgan bo‘lib, klub Ronaldu bilan yangi shartnoma tuzishga erishishiga ishonch bildirmoqda. Ronalduning klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyungacha amal qiladi.

Ronaldu 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalarni ko‘rib chiqmoqda, chunki bu uning mazkur turnirda o‘ynashi mumkin bo‘lgan so‘nggi imkoniyati bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Krishtianu joriy mavsum "An-Nasr" safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi. Shuningdek, u o‘z faoliyatidagi gol urish seriyasini davom ettirmoqda, hozirga kelib ularning soni 931 taga yetdi.

Kiritildi: 16:54 10.04.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!