Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronalduga qarshi o‘ynashni orzu qilgan futbolchi adashib boshqa jamoaga o‘tdi

Ronalduga qarshi o‘ynashni orzu qilgan futbolchi adashib boshqa jamoaga o‘tdi

32 yoshli kongolik hujumchi Tjevi Bifuma 2024 yilning yozida Gresiya chempionatini tark etib, Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tishga qaror qildi. Yaqinda u juda qiziq intervyu berdi.

Bifuma Eron klubi taklifini qabul qilishdan avval internet orqali jamoa haqida ma’lumot izladi va uning Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida “An-Nassr”ga qarshi o‘ynashi haqida ma’lumot oldi. Ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu ham maydonga tushishi kutilayotgan edi.

Ronalduga qarshi o‘ynash — mening bir umrlik orzum edi. Shuning uchun ko‘p o‘ylab o‘tirmay, taklifni qabul qildim, deydi futbolchi.

Ammo Bifuma bir muhim narsani e’tibordan chetda qoldirdi — Eron futbolida ikkita “Istiqlol” bor edi: “Istiqlol Tehron” va “Istiqlol Xuziston”.

Kongolik hujumchi yanglishib “Istiqlol Tehron” o‘rniga “Istiqlol Xuziston” bilan shartnoma imzolaganini keyinroq tushundi. Natijada u Ronalduga qarshi o‘ynash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

23-turdan keyin “Istiqlol Xuziston” Eron chempionatida 25 ochko to‘lab, turnir jadvalining 12-pog‘onasini egallab turibdi. Futbolchi joriy mavsum Pro Ligasi doirasidagi 20 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Bifuma Ispaniyaning “Espanyol”, “Las-Palmas”, “Granada” kabi jamoalarida o‘ynagan. 2014 yilda “Vest Bromvich” safida Angliyada qisqa muddat harakat qildi va keyin professional faoliyatining katta qismini Turkiyada o‘tkazdi.

Kiritildi: 11:32 27.03.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!