Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu Tehronga bormaydi. "An-Nasr" yulduzini "Istiqlol"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi

Ronaldu Tehronga bormaydi. "An-Nasr" yulduzini "Istiqlol"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi

Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yini uchun Eronga bormaydi.

Hujumchi 3 mart kuni Tehronda bo‘lib o‘tadigan "Istiqlol"ga qarshi 1/8 final o‘yini qaydnomasiga kiritilmagan.

Avvalroq Ronalduning xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan xizmat futbolchiga Tehronga bormaslikni tavsiya qilgani ma’lum bo‘lgandi, chunki uning Eronga avvalgi tashrifi vaqtida portugaliyalikni ko‘rish istagida bo‘lgan odamlar ko‘pligi sababli tartibsizliklar yuzaga kelgandi.

Xabar qilinishicha, "An-Nasr" "Istiqlol"dan o‘yinni uchinchi davlatga ko‘chirishni so‘ragan, ammo Eron klubi saudiyaliklarga rad javobini bergan.

Kiritildi: 23:45 02.03.2025. O'qildi: 1194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!