Stefano Pioli «An Nasr»dan ketib, «Roma»ga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin.
Sportitalia ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik murabbiy Saudiya Arabistoni klubida ayrim muammolarga duch kelmoqda. Jumladan, u futbolchilar bilan yaxshi munosabatda emas. Shuningdek, riyodliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu ham uning ishidan norozi.
Bu orada Piolining Italiyaga qaytishiga oid gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Uning nomi A Seriyaning bir necha klublari bilan bog‘langan.
Hozirgi vaqtda mutaxassisning o‘zi «Roma» variantini o‘rganib chiqmoqda. U mavsum oxirida jamoadan ketishini ma’lum qilgan Klaudio Raniyeri o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ayni vaqtda «An Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatida 3-o‘rinni egallab turibdi. Klub 1-o‘rindagi «Al Ittihod»dan 10 ochko, 2-o‘rindagi «Al Hilol»dan esa 6 ochko ortda qolyapti.