Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Portugaliya terma jamoasi bir kunlik dam olishdan so‘ng seshanba kuni mashg‘ulotlarga qaytdi. Jamoa avvalroq UYEFA Millatlar ligasida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan, payshanba kuni esa Daniyaga qarshi bahs olib boradi.

A Bola ma’lumotiga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmadi.

Terma jamoa sardori mashg‘ulot boshlanishidan yarim soat oldin maydonga chiqqan, ammo mashg‘ulotga qo‘shilmagan. Keyinroq u mashg‘ulot hali davom etayotgan paytda stadionni tark etib, mehmonxonaga yo‘l olgan.

Ronaldu mehmonxonada sport zalida alohida ishlagan. Portugaliya futbol federasiyasi ma’lum qilishicha, stadionda unga zarur bo‘lgan trenajyor mavjud bo‘lmagan.

Mashg‘ulotda so‘nggi ikki uchrashuvda ikkita gol urgan Joau Feliks ham qatnashmadi.

Fransishku Konseysau esa shu kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgani sabab mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 22:16 29.09.2026. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!