Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishdan bosh tortdi

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishdan bosh tortdi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishdan bosh tortgani aytilmoqda. Shuningdek, 41 yoshli hujumchi milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan muloqot qilishni ham istamayotgani xabar qilindi.

Bu haqda Portugaliyaning Observador nashri ma’lum qildi.

Avvalroq Portugaliya futbol federasiyasi Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini munosib tarzda yakunlash maqsadida tantanali xayrlashuv marosimi tashkil etilishini e’lon qilgan edi.

Federasiya vakillari bunday buyuk futbolchini maxsus tadbirsiz kuzatib qo‘yish mumkin emasligini ta’kidlashgan.

Biroq manbaga ko‘ra, Ronaldu xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etishga qiziqish bildirmayapti. Shu bilan birga, u Jorje Jezush bilan qayta muloqot qilish niyatida emas.

Agar vaziyat o‘zgarmasa, Krishtianuning Portugaliya terma jamoasi libosidagi so‘nggi o‘yini Millatlar ligasida Uelsga qarshi kechgan bahs bo‘lib qoladi.

O‘sha uchrashuvda Ronaldu gol urgan, ammo hakam uni inobatga olmagan edi.

Shundan so‘ng hujumchi terma jamoa safida boshqa maydonga tushmadi. Keyinchalik u milliy jamoa qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 23:32 05.11.2026. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik