Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga borishi mumkin

Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga borishi mumkin

40 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida “An-Nasr” klubidan ketishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Marokashning “Vidad” jamoasi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Klub rahbariyati mazkur transferni iyun oyi AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qadar yakunlashni rejalashtirgan.

Marokash jamoasi 2021/22 yilgi mavsum Afrika Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan va shu sabab yangi formatdagi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan. Ular “Manchester Siti”, “Yuventus” va “Al-Ayn” bilan birgalikda "G" guruhidan joy olgan.

a’lumot uchun, 2024/25 yilgi mavsumda Ronaldu “An-Nassr” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning riyodliklar bilan shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Avvalroq OAVda futbolchiga turli qit’alardan beshta jamoa, xususan, “Chelsi”, “Beshiktosh”, “Los-Anjeles”, “Al-Ahli” va “Sporting” jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 18:56 21.05.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!