Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ronaldu kino olamiga ham kirib kelmoqda

Ronaldu kino olamiga ham kirib kelmoqda

Krishtianu Ronaldu va kinorejissyor va prodyuser Mettyu Von birgalikda kinostudiya tashkil etdi. Bu haqda "Variety" nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, studiya kino yaratishning an’anaviy uslubini o‘zgartirish va innovasion texnologiyalarni an’anaviy usullar bilan uyg‘unlashtirish niyatida. U UR•Marv deb nomlanadi.

Ta’kidlanishicha, studiya allaqachon ikkita jangari filmni suratga olishni yakunlagan.

Mettyu Von "X-Men: O‘tmish kunlari kelgusi", "Yulduz changi" va boshqa filmlari bilan tanilgan.

Yaqinda Krishtianu Ronalduninng Fatal Fury: City of the Wolves jangovor o‘yinida o‘z personajiga ega bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 18:04 10.04.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!