Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa sardori Krishtianu Ronalduning jahon futbolidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Mutaxassisning fikricha, Krishtianuning buyukligini isbotlash uchun Jahon kubogi shart emas.
Buyuklik uchun JCh shartmi?
Roberto Martines JCH-2026 oldidan Ronalduning merosi haqida shunday dedi:
"U Jahon kubogini qo‘lga kiritadimi yoki yo‘qmi, baribir barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi bo‘lib qolaveradi. Bu borada mening fikrim qat’iy".
Terma jamoaning maqsadi:
Murabbiy Portugaliya milliy terma jamoasining oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida ham gapirib o‘tdi:
"Bizning asosiy mas’uliyatimiz — Jahon kubogi uchun kurashishda eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish. Bunga doimiy tahlil, o‘z ustimizda ishlash va Millatlar ligasidagi muvaffaqiyatga yordam bergan o‘sha jangovar kayfiyatni saqlab qolish orqali erishamiz", — dedi Martines.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi bilan faoliyatidagi so‘nggi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning kolleksiyasida faqatgina ushbu nufuzli sovrin yetishmayapti.