Saudiya Arabistoni chempionatida g‘oliblik uchun kurashayotgan “An-Nasr” 24-turda mehmonda “Al-Feyxa”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va navbatdagi uch ochkosini qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan, ammo uni oxirigacha o‘tkaza olmadi. 81-daqiqada 41 yoshli portugaliyalik yulduz o‘ng oyog‘idagi muammo sabab almashtirildi.
Bu uchrashuv Ronaldu uchun omadsiz kechdi. Umumiy gollari sonini 1000 taga yetkaziga harakat qilayotgan to‘purar o‘yin davomida penaltini amalga oshira olmadi. Uning zarbasi darvozaga aniq bormadi.
Shunga qaramay, “An-Nasr” g‘alabani saqlab qoldi. Endi riyodliklar kelasi o‘yinda 4 mart kuni mehmonda “Al-Vasl”ga maydonga chiqadi. Portugaliyalik futbolchining bu uchrashuvda ishtirok etishi hozircha noma’lum.