Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Ronaldu Ispaniya klubi egalaridan biriga aylandi

Ronaldu Ispaniya klubi egalaridan biriga aylandi

Afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubi egalaridan biri bo‘ldi.

Portugaliyalik yulduz klub aksiyalarining 25 foizini sotib oldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.

Hozirgi vaqtda "Almeriya" Ispaniya chempionatining ikkinchi divizioni — Segundada uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa birinchi o‘rindan atigi 2 ochkoga orqada qolmoqda.

Klub oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad — La Ligaga chiqish.

Kiritildi: Bugun 19:28. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!