Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ronaldu Florentino Peresga "MYu" futbolchisini sotib olish kerakligini aytdi

Ronaldu Florentino Peresga "MYu" futbolchisini sotib olish kerakligini aytdi

"Real"ning sobiq forvardi Krishtianu Ronaldu Madrid klubi prezidenti Florentino Peresga xabar yo‘llab, undan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radi, deb yozadi GOL digital.

"MYu" 30 yoshli portugaliyalikni 90 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo klub kelishuvni uzaytirish ustida ishlamoqda.

Madridliklar futbolchi allaqachon 30 yoshdan oshgani va shartnoma muddati tugashiga ikki mavsum qolganini hisobga olib, bunday summani juda katta deb hisoblamoqda, ammo unga haqiqatan ham qiziqish bor.

Kiritildi: 17:11 12.04.2025. O'qildi: 1981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!