"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi 34-turidan o‘rin olgan "Al-Fateh"ga (2:3) qarshi o‘yindan keyin klubni tark etishiga shama qildi.
"Bu bob tugadi. Tarixmi? Hali ham yozilyapti. Barchadan minnatdorman," - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
"An-Nasr" 70 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Ronaldu 25 ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi.