«Al Nassr» klubi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu «Al Hilol» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu g‘alaba uchun jamoaviy sa’y-harakatlar juda muhim edi. Men uchun gol urish muhim, ammo g‘alaba qozonish bundan ham muhimroq. Saudiya Arabistoni chempionati va Chempionlar ligasida jamoaga yordam berish uchun astoydil harakat qilyapman. Men individual rekordlarga e’tibor bermayman, — dedi Ronaldu.