Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldo: «Krishtianu eng yaxshisi emas»

Ronaldo: «Krishtianu eng yaxshisi emas»

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Ronaldo portugaliyalik yulduzning o‘zini barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi deb atashini tanqid qildi.

«Men bunday narsalarni izohlashni yoqtirmayman, lekin ba’zi odamlar o‘zlariga haddan tashqari ishonadi, to‘g‘rimi? Men esa odamlarning men haqimda nima deyishini eshitishni afzal ko‘raman. Men kim bo‘lganim va nimalarga erishganim haqida o‘zim emas, balki boshqalar gapirsin.

Krishtianu eng yaxshisi emas, lekin u top-10 talikka kirishi mumkin. Men uchun birinchi o‘rin shubhasiz Pelega tegishli. Undan keyin Messi va Maradona keladi. Keyingi o‘rinlarda Ziko, Romario, van Basten, Zidan, Figu, Rivaldo, Ronaldinyo va Krishtianu bor...

Albatta, kimnidir unutib qo‘ygan bo‘lishim mumkin. Har gal bu haqda so‘rashganda, har xil nomlar yodimga tushadi. Neymar? Ha, u ham yulduz futbolchi va top-10 talikka kiradi", – dedi Ronaldo ESPN Brasil nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:15 27.02.2025. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!