"Roma" kelasi mavsumda Artyom Dovbikning o‘rnini bosa oladigan hujumchi izlab, transfer bozorini o‘rganishda davom etmoqda, deb yozadi TUTTOmercatoWEB La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib.
Eldor Shomurodov kutilganidan yaxshiroq harakat qilayotganiga qaramay, Rim klubi rahbariyati hujum chizig‘ini ishonchli futbolchi bilan kuchaytirishga bel bog‘lagan.
So‘nggi oylarda "Everton"dan Betu, "Udineze"dan Lorenso Lukka kabi ko‘plab variantlar tarqalganidan so‘ng, Rim klubining e’tibori endi yangi maqsadga qaratilgan ko‘rinadi. Dovbikning o‘rinbosari roli uchun ro‘yxatda birinchi bo‘lib "Lechche"dan Nikola Krstovich turibdi.
24 yoshli chernogoriyalik futbolchi joriy mavsum "Lechche" safida 30 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.