Erling Xoland "Bornmut"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
"Manchester Siti" hujumchisi Angliya Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan o‘yinning (2:1) 61-daqiqasida to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli zaxiraga olindi - Holandga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo yakunda u o‘yinni davom ettira olmadi. Norvegiyalik futbolchi o‘rniga Omar Marmush maydonga tushdi.
O‘yindan keyin Holand qo‘ltiqtayoqda stadiondan chiqib ketdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchining jarohati qay darajada jiddiy ekani haqidagi savolga javob bera olmadi.
- Hozircha bilmayman. Ko‘ramiz," - dedi Gvardiola