Xitoyning Pekin shahrida o‘tgan yugurish marafonida robotlar ham qatnashdi.
Reuters xabariga ko‘ra, 21 km masofali musobaqada 12 mingdan ortiq inson va 20 dan ziyod “aqlli” robot qatnashdi.
"Har bir robotga inson murabbiy biriktirilgan bo‘lib, yugurish paytida ular robotlarni nazorat qilib bordi", — deyiladi agentlik xabarida.
Ayrim robotlar krossovka kiygan, biri boks qo‘lqopida, boshqasi esa “Men g‘alabaga erishishim kerak” degan yozuvli qizil ro‘molcha bilan ishtirok etdi.