"Real" klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos yuragida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqdi, deb yozadi Mundo Deportivo.
"Barcha tibbiyot xodimlariga ularning e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildiraman," deb yozgan 52 yoshli braziliyalik shifokorlar bilan tushgan surati ostiga.
Himoyachi faoliyati davomida "Palmeyras", "Inter", "Real", "Fenerbaxche", "Korintians", "Anji" va Hindistonning "Deli Daynamos" klublarida o‘ynagan.
Shuningdek, futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 127 ta o‘yinda 11 ta gol urgan va u bilan 2002 yilda jahon chempioni bo‘lgan.