Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Reuters: Trampning reytingi tarixiy darajada pasaydi

Reuters: Trampning reytingi tarixiy darajada pasaydi

Reuters/Ipsos agentligining to‘rt kun davomida onlayn tarzda o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, amerikanliklarning atigi 31 foizi AQSh prezidenti Donald Tramp haqida ijobiy fikrda.

​Bu Trampning ikkala prezidentlik muddatidagi eng past reytingi sanaladi. Ikki hafta oldin o‘tkazilgan shunga o‘xshash so‘rovnoma prezidentning reytingini 32% ga teng ekanligini ko‘rsatgan edi. Taqqoslash uchun, 2026 yil yanvar oyida Ipsos respondentlarining 42 foizi AQSh prezidentining faoliyatini ma’qullagan.

​Respondentlarning 66 foizi Trampning faoliyatidan norozi. Qolgan respondentlar fikr bildirishdan bosh tortishdi.

​Agar oraliq saylovlar hozirda bo‘lib o‘tayotgan bo‘lsa, 47 foiz ovoz demokratlar, 35 foiz ovoz esa respublikachilarga berilishi mumkin edi.

​Amerika ommaviy axborot vositalari so‘rov natijalari kelasi oy AQSh Kongress saylovlari Respublikachilar partiyasi uchun falokat bo‘lishi mүmkinligini ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda. Agar respublikachilar har ikki palatada ham ko‘pchilikni yo‘qotsa, Tramp uchun uning dasturini amalga oshirish qiyinroq bo‘ladi.

​Avvalgi so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, saylovchilar Tramp mamlakatning eng dolzarb masalalariga, jumladan, turmush darajasining oshishiga yetarlicha e’tibor bermayapti, deb hisoblashadi.

​AQShda oraliq saylovlar 3 noyabrga belgilangan. Amerikanliklar Vakillar palatasining to‘liq tarkibini (435 o‘rin) va 50 senatordan 35 tasini saylaydilar. Respublikachilar hozirda Kongressning ikkala palatasini ham nazorat qiladi.

Kiritildi: 17:44 20.10.2026. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!