Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Reuters: Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Eron bilan uning yadro dasturi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

 Reuters: Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Eron bilan uning yadro dasturi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

Agentlikning nemis diplomatik manbasiga tayanib xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20 iyun kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Aroqchi bilan yadro dasturi yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

"Evropalik vazirlar Eron TIV rahbari bilan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazishdan avval Germaniyaning Jenevadagi doimiy vakolatxonasida Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Kaya Kallas bilan uchrashadi", — dedi Reuters suhbatdoshi.

Germaniya rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Eron va yevropaliklar o‘rtasida AQSh bilan kelishilgan holda o‘tayotgan muzokaralardan maqsad Tehronni yadro dasturidan faqat fuqarolik maqsadlarida foydalanishiga qat’iy kafolat berishga ko‘ndirishdir. Manbaga ko‘ra, muzokaralardan so‘ng ekspertlar darajasida tuzilgan muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:32 19.06.2025. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!