Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Reper R.Diddy ishi yuzasidan sud jarayoni boshlanadi

Reper R.Diddy ishi yuzasidan sud jarayoni boshlanadi

5 may, dushanba kuni Nyu-Yorkda reper Shon Kombs (P.Diddy) ustidan sud hakamlar hay’atini tanlash bilan boshlandi, deb xabar beradi BBC.

U reketlik, jinsiy savdo va fohishalik maqsadida odam savdosida ayblanmoqda. Agar sud uni aybdor deb topsa, reper umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

R.Diddy ham o‘nlab fuqaroviy da’volarga sabab bo‘lgan. Da’vogarlarning aytishicha, u o‘z vakolatlaridan giyohvand moddalarni iste’mol qilish, kaltaklash, zo‘rlash, qo‘rqitish va odamlarni sukut saqlashga majburlash uchun foydalangan.

Kombs qo‘yilgan jinoiy ayblovlarni tan olmadi. U fuqarolik ishlarini "tez daromad olish yo‘li" deb atadi.

Sud dushanba kuni boshlandi. Birinchi kunlar hakamlar hay’atini tanlashga bag‘ishlanadi. 12 nafar asosiy va 6 nafar yordamchi sudyalar tanlab olingandan keyin asosiy ish yuritish boshlanadi.

Repperning muammolari 2023 yil oxirida sobiq sevgilisi Kassandra Ventura uni zo‘ravonlik uchun sudga berganidan keyin boshlangan.

Kiritildi: 11:29 06.05.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!