Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" yulduzi “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi

"Real" yulduzi “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi

Angliyaning “Liverpul” klubi Madridning “Real” jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigo Goes bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilish maqsadida muzokaralar olib bordi. ESPN nashrining yozishicha, 24 yoshli futbolchi mersisaydliklarning taklifini qabul qilgan.

Avvalroq Rodrigoga Angliyaning yana bir top-klubi — “Tottenhem” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi “shporlar” safiga o‘tishni istamadi va London klubining taklifiga rad javobi berdi.

“Qirollik klubi” hujumchini sotishga qarshi emas. Sababi — Rodrigo klub bosh murabbiyi Xabi Alonsoning yangi mavsum rejalariga kiritilmagan. Shu sababli madridliklar uni 90 million yevro atrofidagi narxda qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Rodrigo “Real” safida jami 54 uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:10 02.08.2025. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!