"Real" vingeri Rodrigo jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlar fonida bayonot berdi.
24 yoshli braziliyalik futbolchi "Real"dan ketmoqchi emasligini ma’lum qildi. U "qaymoqranglilar" tarkibida mustahkam o‘rnashib olish istagini bildirdi.
"Men klub va muxlislar ishonchini oqlashga majburman! Harakat qilish vaqti keldi," - dedi Rodrigo.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "Real" safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.