Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" yulduzi Fransiya terma jamoasida jarohat oldi

"Real" yulduzi Fransiya terma jamoasida jarohat oldi

Eduardo Kamavingning sonining orqa qismi shikastlangan, deb xabar bermoqda jurnalist Fabris Xokins.

Avvalroq, "Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram Kamavinganing jarohatidan so‘ng Fransiya terma jamoasiga chaqirilgani ma’lum bo‘lgandi.

"Real" futbolchisi og‘riqni boshdan kechirmoqda, bugun u alohida mashg‘ulot o‘tkazdi. U Ukrainaga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi va Ozarbayjonga qarshi safar o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eduardoning milliy jamoada qolishi yoki Madridga qaytishi bugungi o‘yindan keyin baholanadi.

Fransiya bugun ukrainaliklarni JCH-2026 saralashida qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:54 13.11.2025. O'qildi: 1096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!