Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" yozgi transfer olamini "portlatmoqchi"

"Real" yozgi transfer olamini "portlatmoqchi"

Madridning "Real" klubi jamoani yozgi qayta qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tez orada "qaymoqranglilar" safini himoyachilar Din Xeysen va Trent Aleksandr-Arnold to‘ldiradi, ammo transferlar bu bilan tugamaydi. Marca xabariga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres 2009 yildagi kabi transfer bozorini "portlatmoqchi." Eslatib o‘tamiz, o‘shanda Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Kaka va Xabi Alonso sotib olingandi - ispaniyalik mutaxassis yaqinda Karlo Anchelotti o‘rniga madridliklar bosh murabbiyi bo‘lgandi.

So‘nggi yillarda "Real" zarurat bo‘lmasa, katta transferlarni amalga oshirmagan, ammo bu safar Peres pulni tejash niyatida emas - u bo‘lajak transfer oynasidan katta umid qilmoqda, deydi manba.

Kiritildi: 07:15 28.05.2025. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!