Madridning «Real» klubi 2027 yilgi yozgi transferlar oynasida yuqori saviyali yarim himoyachini sotib olishni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab oldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» asosiy e’tiborini Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Martin Subimendi va «Napoli» futbolchisi Skott Maktomineyni qo‘lga kiritishga qaratgan.
Xabar qilinishicha, madridliklarning Subimendi transferi bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish imkoniyati mavjud. Chunki Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan yarim himoyachi «Arsenal»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
O‘z navbatida, Skott Maktomineyning «Napoli» bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
29 yoshli shotlandiyalik futbolchining Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.