Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" yarim himoyachisi ingliz klubi aksiyalarini sotib olmoqda

"Real" yarim himoyachisi ingliz klubi aksiyalarini sotib olmoqda

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Angliyaning "Suonsi" klubi xo‘jayinlaridan biriga aylanadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelishuv allaqachon bo‘lib o‘tgan, futbolchi esa aksiyalarning kichik foiziga egalik qiladi. Bu Modrichning faoliyatiga ta’sir qilmasligi aytildi.

Modrich 2008 yildan 2012 yilgacha "Tottenxem" safida Angliya Premyer-ligasida to‘p tepgan. Aynan "shporlar" lageridan yarim himoyachi ispan grandiga o‘tgan va u shu kungacha o‘ynamoqda. 39 yoshli xorvatiyalikning “Los-Blankos” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 17:42 14.04.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!