Madridning "Real" klubi xavbeki Braim Dias tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Marokashlik futbolchi "qaymoqranglilar" taklif qilgan barcha shartlarni qabul qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. Tez orada bitim yopiladi.
Bugun, 3 avgust kuni Braim Dias 26 yoshni qarshiladi. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda futbolchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.