Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi!

"Real" yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi!

"Real" yanvar oyidayoq bosh murabbiyni almashtirishga qaror qildi. Dushanba kuni Madrid klubi Xabi Alonso bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra xayrlashganini e’lon qildi.

Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi - jamoani Alvaro Arbeloa qabul qilib oldi. Arbeloa butun murabbiylik faoliyatini "Real" akademiyasida o‘tkazgan. 2025 yilning yozidan boshlab Alvaro "Kastilya" yoshlar jamoasini boshqargan.

Futbolchi sifatida Alvaro Arbeloa "Real" safida 238 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan.

"Real" navbatdagi o‘yinini 14 yanvar, chorshanba kuni Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida safarda "Albasete"ga qarshi o‘tkazadi.

"Real" yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi!

Kiritildi: 23:38 12.01.2026. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!