Madridning «Real» klubi Xabi Alonsoni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman taqdim etishga tayyorlanmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning taqdimoti 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Kutilganidek, Alonso uch yillik shartnoma imzolaydi. U jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘rnina egallaydi. Anchelotti 25-may sanasidan Braziliya terma jamoasida ish boshlaydi.
Futbolchi sifatida Xabi Alonso 2009 yildan 2014 yilgacha «Real» safida to‘p tepgan. Ushbu davr mobaynida Chempionlar ligasi, La Liga, Ispaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi va ikki marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan.