Madridning "Real" klubi Portugaliya terma jamoasi va Fransiyaning "PSJ" klubi tayanch yarim himoyachisi Vitinyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Cadena Ser xabar berdi.
"Qirollik klubi" kelasi yilning yozida braziliyalik vinger Vinisius Juniorni sotib yuborsa, portugaliyalik xavbekni sotib olishi mumkin. "Qaymoqranglilar" hujumchi transferidan tushgan mablag‘ni Vitinyani sotib olishga sarflashga tayyor. Summa taxminan 100 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Portugaliyalik va "PSJ" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2029 yilning yozida tugaydi.