Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" Vinisius Juniorga ultimatum qo‘ydi

"Real" Vinisius Juniorga ultimatum qo‘ydi

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniorning kelajagi Ispaniya futbolida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Braziliyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinning 72-daqiqasida zaxiraga olinganidan norozi bo‘lib, "qirollik klubi" murabbiyi va rahbariyatining hafsalasini pir qildi. Transfer News Live’ning Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, Vinisiusga ultimatum qo‘yilgan: agar u yaqin orada shartnomani uzaytirmasa, yulduz futbolchining o‘yin vaqti sezilarli darajada qisqarishi mumkin. "Qaymoqranglilar" xo‘jayinlari 2026 yilda futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar, shuningdek, 2027 yilda erkin agent sifatida ketish ssenariysi ham istisno qilinmaydi.

Bundan tashqari, manbaning ta’kidlashicha, "Real" allaqachon Vinisiusni bu holatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirgan.

Kiritildi: 17:09 29.10.2025. O'qildi: 1630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!