Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» va Vinisius shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olishdi

«Real» va Vinisius shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olishdi

Madridning «Real» klubi va braziliyalik hujumchi Vinisius Junior futbolchining shartnomasini uzaytirish jarayonini yakuniy bosqichga yetkazish uchun rasman uchrashuv belgilashdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Avvalroq OAVda Vinisiusning klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga sabab sifatida uning fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe bilan munosabatlari tarang ekanligi ko‘rsatilgandi.

Braziliyalik forvard 2018 yildan buyon «Real» tizimida harakat qilib kelmoqda. Yakunlangan klub mavsumida Vinisius barcha musobaqalarda jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 140 million yevroni tashkil qiladi. Hujumchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:27 11.07.2026. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!