Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"Real" va "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi vafot etdi

"Real" va "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi vafot etdi

Fransiya terma jamoasi, "Real" va "Barselona" klublarining sobiq yarim himoyachisi Lyusyen Myuller 91 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda futbolchi faoliyatini boshlagan "Strasburg" klubi matbuot xizmati.

O‘lim sababiga aniqlik kiritilmagan.

Myuller "Real", "Barselona" va "Strasburg"dan tashqari "Tuluza" va "Reyms" klublarida ham o‘ynagan. "Reyms" tarkibida xavbek ikki marta Fransiya chempioni bo‘lgan. "Real" bilan birga futbolchi uch marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Myuller futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo‘ldi, Ispaniyaning "Kastelyon", "Burgos", "Saragosa", "Barselona", "Malyorka" klublarida ishladi. Shuningdek, u "Monako"ni boshqargan va u bilan Fransiya kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:41 21.01.2026. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!