Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" o‘ziga keraksiz ikki nafar himoyachini aniqlab oldi. Ular yozda tekinga jamoadan ketadi

A A A
"Real" o‘ziga keraksiz ikki nafar himoyachini aniqlab oldi. Ular yozda tekinga jamoadan ketadi

Madridning "Real" klubi ikki himoyachisi bilan xayrlashmoqchi. AS jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, ketadiganlar ro‘yxatiga germaniyalik Antonio Ryudiger va avstriyalik David Alaba kiritilgan. "Qaymoqranglilar" ushbu futbolchilarning tez-tez jarohat olishidan norozi.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger va Alabaning "qirollik klubi" bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. David "Real"da 2021 yildan, Antonio esa 2022 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda.

Ispaniya chempionatining 12-tur yakunlariga ko‘ra, Xabi Alonso shogirdlari 31 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madrid grandi La Ligadagi navbatdagi jangini 23 noyabr kuni "Elche"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:06 17.11.2025. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!