Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

«Real» o‘z maydonidagi kutilmagan durang sabab chempionlik uchun imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi (VIDEO)

«Real» o‘z maydonidagi kutilmagan durang sabab chempionlik uchun imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi (VIDEO)

Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan bahsda «Real» o‘z maydonida «Jirona» bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Uchrashuvning 51-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Federiko Valverde hisobni ochdi. Mehmonlar 62-daqiqada Toma Lemar tomonidan kiritilgan gol evaziga muvozanatni tiklashdi.

«Real» (70 ochko) ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi va La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan peshqadam «Barselona»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.

«Jirona» esa (38 ochko) turnir jadvalida 12-o‘rinni band etgan.

Ispaniya La Ligasi. 31-tur
10.04.2026 | 23:59
«Santyago Bernabeu», Madrid

«REAL» — «JIRONA» — 1:1
Gollar: Federiko Valverde 51 (1:0), Toma Lemar 62 (1:1).

«Real»: Lunin, Eder Militau (Xeysen, 64), Raul Asensio, F. Garsiya (Mendi, 79), Karvaxal, Bellingem (Arda Gyuler, 64), Kamavinga (Tchuameni, 79), Braim Dias (G. Garsiya, 84), Valverde, Vinisius Junior, Mbappe.

«Jirona»: Gassaniga, Vitor Reys, Franses, Moreno, Martines, Vitsel, Ivan Martin (Beltran, 84), Toma Lemar (Rinkon, 70), Unai (Xil, 70), Viktor Sigankov, Klaudio Echeverri (Abel Ruis, 64; Kristian Stuani, 85).

Ogohlantirishlar: Kilian Mbappe (35), Federiko Valverde (76) — Rinkon (88).

Kiritildi: Bugun 03:03. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!