Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi

"Real" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi

"Real" Ispaniya chempionatining 15-turida o‘z maydonida "Selta"ga yutqazdi - 0:2.

53-daqiqada "Selta"ning 21 yoshli shvesiyalik hujumchisi Villiott Svedberg gol urdi. 90+3-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi. 64-daqiqadan boshlab "Real" bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi - ispaniyalik himoyachi Fransisko Garsiya ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi. O‘yin yakunida Alvaro Karreras ham maydondan chetlatildi.

"Real" so‘nggi 6 o‘yindagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi (16 o‘yindan keyin 36 ochko). "Selta" esa 15 o‘yindan keyin 19 ochko bilan 10-o‘rindan joy olgan.

16-turda "Real" 14 dekabr kuni "Alaves" mehmoni bo‘ladi, "Selta" shu kuni "Atletik"ni qabul qiladi.

La Liga. 15-tur

8 dekabr, 01:00.

Real - Selta - 0:2

Gollar: Svedberg, 53 (0:1). Svedberg, 90 (0:2)

Real: Kurtua, Eder Militau (Ryudiger, 24), Karreras, F. Garsiya, Raul Asensio (Rodrigu, 54), Tshuameni, Arda Gyuler (G. Garsiya, 74), Bellingem, Valverde, Vinisius Junior, Mbappe

Selta: Radu, Starfelt, Alonso, Rodriges, Moriba, Roman (Beltran, 84), Mingesa (Rueda, 71), Karreyra, Saragosa (Xutgla, 71), Duran (Svedberg, 46), Iglesias (Aspas, 88)

Ogohlantirishlar: Bellingem, 62. F. Garsiya, 63. Valverde, 90. Rodrigu, 90. Karreras, 90 - Moriba, 83

Chetlatish: F. Garsiya, 64 (ikkinchi sariq kartochka). Karreras, 90

Kiritildi: Bugun 06:30. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!